Varan MYUdan ketadi

Sport

image

Fransiyalik himoyachi Rafael Varan 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Manchester Yunayted”ni tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi shartnoma muddati tugagach, “qizil iblislar” safidan ketadi, u bilan shartnoma uzaytirilmaydi. 

Varan “Manchester Yunayted” safida 93 ta o‘yin o‘tkazdi. Rafa 4 aprel kuni “Chelsi”ga qarshi o‘yindan beri maydonga tusha olmayapti. Hozir u jarohatidan forig‘ bo‘lish uchun astoydil harakat qilmoqda. 

“Yunayted”dagi barcha Rafaga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusi faoliyatida omad tilaydi”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Varan 2021 yilning avgust oyida “Real”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. 31 yoshli markaziy himoyachining bozor narxi hozirda 25 million yevroga baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Rafael' Varan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made