Van Deyk faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirishi mumkin
Sport
−
18 fevral 5934 1 daqiqa
“Liverpul”ning niderlandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchi uchun faqat futbolchi “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirmasa va yozda erkin agentga aylansagina kurashadi.
Van Deykning “Liverpul” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. “Transfermarkt” tomonidan 28 million yevroga baholanayotgan himoyachi joriy mavsum mersisaydliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” “Bayer”ning germaniyalik futbolchisi Florian Virsga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. 21 yoshli futbolchi uchun Kataloniya klubidan tashqari Madridning “Real” va Angliyaning “Manchester Siti” jamoalari ham kurash olib bormoqda.
Live
Barchasi