Kanadada samolyot qulashi natijasida 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
29 noyabr 2019
10468Joriy yilnng 27 noyabr kuni kechki vaqtda Kanadaning Ontario provinsiyasi Markxem kommunasidan uchgan samolyotning Kingstondagi o‘rmonda halokatga uchrashi natijasida yetti kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘ldi.
Kanada Transport xavfsizligi bo‘yicha kengashi AQSHda ro‘yxatga olingan Piper PA-32 rusumli samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi.
G‘arb OAV ma’lumotiga ko‘ra, hodisada o‘zbekistonlik Texas shtati Missuri-Sitida yashovchi uchuvchi Otabek Oblaqulov, uning turmush o‘rtog‘i va 3, 11, 15 yoshdagi uch nafar farzandi, shuningdek, Torontoda yashovchi Bobomurod Nabiyev va uning rafiqasi halok bo‘lgan.
Samolyot 28 noyabr kuni soat 5:00 larda o‘rmonga qulagan.
Politsi va Transport vazirligi vakillari fojia tafsilotlarini o‘rganyapti. Noqulay ob-havo sharoiti sabablardan biri sifatida taxmin qilinyapti. Negaki halokatdan bir kun oldin Kingstonda kuchli shamol turishi haqida ogohlantirilgandi.
LiveBarchasi