Valentina Matviyenko Prezident maktabi bilan tanishdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligidagi Parlament delegatsiyasi O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Bugun, 2 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Parlamenti raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida Toshkent shahridagi Prezident maktabini borib ko‘rdi.

Mehmonlarga mazkur davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining faoliyati haqida batafsil axborot berildi.

Maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral oyida imzolangan qaroriga muvofiq shu yil sentyabr oyida ochilgani qayd etildi. 168 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv korpusi va yotoqxona, shuningdek o‘qituvchilar uchun 15 o‘rinli mehmonxona qurildi. Maktab fanlarni zamonaviy uslubda o‘qitish uchun darsliklar va qo‘llanmalar bilan ta’minlangan.

O‘qituvchilarni saralab olishga alohida e’tibor qaratildi. Ularning 30 nafari xorijlik mutaxassislar, 72 nafari o‘zbekistonlik o‘qituvchilaridir.

O‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga qarab 9−11-sinflarda o‘qish jarayonini yakka tartibda tashkil etish ko‘zda tutilgan. Prezident maktabi internat sifatida faoliyat olib boradi, ya’ni o‘quvchilar 5 kun ichida maktab hududida (kampusda) yashab tahsil oladi. Dam olish kunlari o‘quvchilarning ota-onalari bolalarini uylariga olib ketadi.

Prezident maktablari tarbiyalanuvchilari bepul maktab formasi va oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Prezident maktablarida STEAM ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitiladi (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijod, Art – san’at, Mathematics – matematika). Bu iste’dodli yoshlarga firklash, iroda, ijodiy salohiyat va moslashuvchanlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi. Bu yo‘nalishlar bo‘yicha darslar davlat tilida olib boriladi. 

Tashrif davomida Prezident maktablarining faoliyati mamlakatni yanada rivojlantirishga alohida hissa qo‘shadigan oliy ma’lumotli, iste’dodli yoshlarning yangi avlodini tarbiyalash imkonini berishi ta’kidlandi.

Avvalroq, Valentina Matviyenko Tanzila Norboyeva boshchiligida Sergelidagi maktbagacha ta’lim muassasasini borib ko‘rgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Valentina Matvienko

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing