Vaqtinchalik propiskasi tugaganlar boshini qayerga ursin?
Jamiyat
−
15 aprel 2020
4920Vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytirildi hamda uning tugaganligi tegishli javobgarlik keltirib chiqarmaydi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Akbarxon Yunusxo‘jayev ma’lum qildi.
“Respublikamizda koronovirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilingani munosabati bilan, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgani sababli karantin davrida vaqtinchalik ro‘yxat muddati tugaganligi – pasport tizimi qoidalarini buzganlik hisoblanmaydi”, deydi IIV rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan barcha turdagi transport harakati vaqtinchalik to‘xtildi. Mamlakatda kuchaytirilgan tartib joriy etildi.
Shundan so‘ng, 7 aprel kunidan boshlab Toshkent “o‘zini yakkalash rejimi”ga o‘tdi va majburiy tarzda o‘zini yakkalash tartibiga rioya qilinishini nazorat qiluvchi doimiy YPX postlari tashkil etildi.