“Vaqt tugab bormoqda!” Tramp Eronni ogohlantirdi
Olam
−
18 may 2007 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani ortidan Eronni ogohlantirib, vaqt o‘tib borayotganini eslatdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social platformasida yozdi.
“Ular tezroq harakat qilishlari kerak, aks holda ulardan hech narsa qolmaydi. Vaqt juda muhim!” deb yozgan u.
Bugun, 18 may kuni Eron AQSHning so‘nggi taklifiga javob berganini va Vashington bilan muzokaralar Pokiston vositachiligi orqali davom etayotganini ma’lum qilgan.
“Kecha aytganimizdek, xavotirlarimiz Amerika tomoniga yetkazildi”, deydi Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
Qayd etish joiz, Trampning bu so‘zlari aprel boshida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon qilinishi oldidan aytilgan “Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, butun bir sivilizatsiya halok bo‘lishi mumkin” degan tahdidini eslatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Eronga tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan 5 ta talabdan iborat ro‘yxatni e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi