“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
20 noyabr 2020
3622Bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Abdurahmonov Yahyo 1985 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004-2008 yillarda Toshkent islom institutida ta’lim olgan. Shu davr oralig‘ida Misr Arab Respublikasidagi “al-Azhar” universitetida malaka oshirgan.
2009-2011 yillarda O‘zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakultetida o‘qigan.
2004-2018 yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani “Kulol qo‘rg‘on” jome masjidida imom noibi, imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.
2018 yilda Toshkent shahridagi tumanlararo qorilar musobaqasining mutlaq g‘olibi, shahar bo‘yicha 2-o‘rin sohibi bo‘lgan.
2018 yilda “Eng ma’rifatli imom” ko‘rik tanlovi Toshkent shahridagi bosqichi g‘olibi, Respublika bosqichida esa 2-o‘rinni egallagan.
Ayni vaqtda Toshkent shahri Shayxontahur tumani bosh imom-xatibi, ushbu tumandagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti “Tajvid” fani o‘qituvchisi va Xalqaro islom akademiyasining mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.
Qayd etilishicha,fondning avvalgi rahbari Iskandar Xalilov boshqa ishga o‘tkazildi. Ammo u qaysi o‘tkazilgani aytilmagan.