“Vaqf” fondiga dastlabki vaqf yerlari topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan “Vaqf” fondiga vaqf mulklari sifatida birinchi yer maydonlari taqdim etildi. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar berdi.

“Vaqf” fondi faoliyatini asosiy yo‘nalishi bo‘lgan vaqf mulklariga egalik qilish, ularni boshqarish va tasarruf etishda ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda hamda ish faoliyatga tadbiq etilmoqda.

Joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati Qibray tumanidagi joylashgan jami 16 gektar yer maydoni hamda ushbu hududdagi binolar “Vaqf” fondiga vaqf mulki sifatida beg‘araz o‘tkazib berildi.

Ushbu hududda hozirda issiqxona barpo etilgan bo‘lib, 250 tupga yaqin limon ko‘chatlari o‘tqazilgan.

“Bundan tashqari, makaron ishlab chiqarish korxonasi, qolipli non pishirish sexlari o‘z faoliyatini boshlash arafasida turibdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Vaqf fondi Musulmonlar idorasi

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing