Ramazon yaqin. Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 50 tonna xurmo sovg‘a qildi. Bu haqda "Vaqf" xayriya jamoat fondi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, joriy yilning 23 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

“Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi 50 tonna xurmoni uchrashuv vaqtida taqdim etgan. Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish’al ibn Suvaylim O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirgan.

Mazkur xurmolar “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vaqf fondi

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing