“Vagon shu qadar qizib ketganki...” Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdlaridagi sharoitni tanqid qildi

Jamiyat

image

Rossiyalik trevel-bloger ayol O‘zbekiston poyezdining platskart vagonida safar qilib, hech kimga, hech qachon bunday qilmaslikni tavsiya qildi. U o‘z blogida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.



Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u fevral oyi oxirida O‘zbekistonning uchta shahri – Toshkent, Buxoro va Xivada bo‘lgan. Shaharlar orasida poyezdda sayohat qilgan va ko‘pincha platskart vagonining yuqori o‘rindig‘idan joy topgan. Biroq vagonlardagi isitish tizimi ayolning noroziligiga sabab bo‘lgan, ya’ni ular juda issiq bo‘lgan.

Poyezddagi barcha mahalliy ayollar kamtarona kiyingan va juda issiq bo‘lganiga qaramay, ustki kiyimlarini yechmagan. Shuning uchun ayol ulardan o‘rnak olishga va chidashga qaror qilgan. Biroq u, ertalab yo‘lovchilarning ortiqcha kiyimlarini yechib tashlaganini payqagan.

“O‘zbek poyezdidagi tunim chinakam sinovga aylandi, meni faqat mehribon, ijobiy va juda mehmondo‘st o‘zbeklar qutqardi, ular bilan muloqot qilish uchun men shunday issiq kechaga chidadim”, deb xulosa qildi ayol.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir nechta o‘zbek san’atkorlari yo‘lovchi poyezdning sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, tom qismidan qum tushib, nafas olishga xalal berayotganidan shikoyat qilgandi.

O‘tgan yili esa niderlandiyalik sayyoh-bloger 15 dollar evaziga o‘zining poyezddagi joyini o‘zgartirib olgandi. Shundan so‘ng poyezd rahbari ishdan olindi. Bloger esa QALAMPIR.UZ'ga yuborgan munosabatida xodim ishdan olinganidan afsusda ekanini bildirdi va “O‘zbekiston Temiryo‘llari” AJni tanqid qildi. Turkiyalik sayyoh 100 ming so‘m pora evaziga poyezddagi oddiy joyini qulay sharoitli o‘ringa almashtirganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiyalik bloger Vagon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing