“Vagner” Afrikadagi jangchilar sonini ko‘paytirishga tayyor

Olam

image

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Afrika mamlakatlarida o‘z jangchilari sonini ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u Kamerunning “Afrique Media TV” telekanaliga ma’lum qildi.

Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” Afrikadagi jangchilar sonini kamaytirish niyatida emas, aksincha, ularni ko‘paytirishga tayyor. Uning ta’kidlashicha, rotatsiya doirasida “Vagner”ning yangi jangchilari Markaziy Afrika Respublikasiga jo‘natilgan.

Aytish joizki, ba’zi OAVda Vagner rahbari shu hafta Rossiya-Afrika sammiti bo‘lib o‘tayotgan Sankt-Peterburgda Afrika rasmiylari bilan uchrashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 24 iyun kuni Prigojin Rossiya hukumatiga qarshi “Vagner” qo‘zg‘olonidan keyin Belarusga borgan. U oxirgi marta 17 iyulda Belarusdagi “Vagner” jangchilari lagerida ko‘rinish bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarning Rossiya segmentida Yevgeniy Prigojinning ovozi bilan xabar tarqalgan va unda Nigerdagi davlat to‘ntarishi  ishtirokchilari olqishlanib, isyonni g‘alaba deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Afrika Vagner Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing