Vafot etgan fuqaroning soliq qarzlarini kim to‘laydi?
Jamiyat
−
14 aprel 2020
11705Soliq kodeksiga ko‘ra, vafot etgan shaxsning soliq va shunga o‘xshash majburiy to‘lovlarini merosxo‘ri yoki merosxo‘rlari to‘laydi. Merosxo‘rlar bir nechta bo‘lsa, ajratilgan meros ulushiga qarab to‘laydi. Buni odatda, tegishli soliq idorasi hisoblab beradi. Bunda merosxo‘r merosni qabul qilib olganidan so‘ng, marhumning soliq yoki boshqa majburiy to‘lovini 1 yil ichida to‘lashi lozim bo‘ladi.
Vafot etgan shaxsning soliq qarzdorligi qoldirgan merosiga nisbatan ko‘p bo‘lsa, qolgan summa merosxo‘rlardan undirilmaydi. Uning merosxo‘ri bo‘lmasa, soliq qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lashi kerak bo‘lgan shaxs olamdan o‘tsa, 30 kun ichida yashash joyidagi soliq organi marhumning qarindoshlariga uning qarzi mavjudligi haqida xabar berishi kerak. Vafot etgan shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini, qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash bo‘yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Shuningdek, cud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Jismoniy shaxsning bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzining amal qilishi, da’vo qilish muddatidan qat’i nazar, qayta tiklanadi.
LiveBarchasi