Vabo shiddat bilan avj olmoqda – JSST

Olam

image

Joriy yilning 1 yanvaridan 15 oktyabriga qadar dunyo bo‘yicha 603 ming nafardan ziyod odamga vabo tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda kecha, 2 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilindi

“2021 yilda bu ko‘rsatkich 223 ming, o‘tgan yili esa qariyb 473 ming nafar ekanligini hisobga olsak, sayyoramizda ushbu epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashib borayotgani oydinlashadi”, deyiladi JSST hisobotida.

Qayd etilishicha, bu yil vaboni yuqtirgan bemorlardan 3 804 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Kasallikdan eng ko‘p Afrika qit’asi aholisi aziyat chekmoqda. Xususan, yil boshidan buyon mintaqaning 16 davlatida epidemiya o‘choqlari ro‘yxatga olingan.

Jumladan, Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Zimbabve, Kamerun, Malavi, Mozambik va Efiopiya fuqarolariga kasallik yuqishi bo‘yicha yetakchi, Suriya va Gaiti esa vaboga gumon qilinganlar soni tobora ortib borayotgan davlatlar qatorida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning o‘tgan 9 oyida dunyo bo‘yicha vabo bilan kasallanganlar soni 582 mingdan oshgani hamda 4,5 mingdan ortiq kishi vafot etganini ma’lum qilgan edi. Hisobotda joriy yilning yanvar oyidan beri vabo 29 ta davlatda keng tarqalayotgani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Vabo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing