“Vabo” fransuzlarga yordam bera oladimi?

Olam

image

Alber Kamyuning ilk marotaba 1947 yilda nashr etilgan "Vabo" romanining sotuvi yanvar-fevral oylarida, dunyoda koronavirus tarqalishi fonida, deyarli to‘rt baravar o‘sdi. Bu ma’lumotlarni Edistat ixtisoslashgan statistika xizmati taqdim etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning birinchi sakkizinchi haftasida respublika aholisi "Vabo"ni ko‘proq sotib olgan. Sotuvning yuqori darajasi to‘rtinchi haftada, Fransiyada ilk infeksiya haqidagi xabar paydo bo‘lganida kuzatildi. O‘shanda ushbu roman 1,7 ming nusxada sotildi. Keyinchalik sotuvlar asta-sekin pasaya boshladi.

Ta’kidlanishicha, badiiy asarlar sotilishining o‘sishi jamiyatdagi kayfiyat bilan uzviy bog‘liq. Xususan, 2015 yil noyabr oyida Parij va uning atroflarida sodir bo‘lgan, 130 kishining hayotdan olib ketgan qator teraktlardan so‘ng, Ernest Hemingueyning Parijdagi hayot haqidagi esdalik kitobi - "Har doim sen bilan birga bo‘ladigan bayram", ayniqsa,mashhur bo‘lgan edi.

“Hozir jamiyatda koronavirus sababli tushkun kayfiyat hukmron. Buni Kamyuning “Vabo” asari ko‘p nusxada sotilayotgani ham ko‘rsatib turibdi. Chunki fransuzlar murakkab damlarda o‘z kayfiyatlariga qarab mahalliy yoki xorij adabiyotiga doim murojaat qilib kelgan”, deyiladi ixtisoslashgan statistika xizmati ma’lumotida.

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran kecha, 2 mart kuni Fransiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 191 taga yetganligini, fevral oyining o‘rtalaridan boshlab mamlakatda kasallik tufayli to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumganligini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 91 303 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3124 kishi vafot etdi. 48 005 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80151 bemor – 2944 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (5186 – 34), Italiya (2036 – 52), Eron (1501 – 66), Yaponiya (274 – 6).

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Al'ber Kamyu

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing