Go‘sht mahsulotlarini import qilishda bojxona boji undirilmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokamalarga o‘tishdan oldin davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi va, jumladan, shunday dedi:

“Men bugun mana shunday qiyin vaziyatda iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekdim. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, byudjetdan katta xarajatlarni talab etmasin, qo‘shimcha choralarni ko‘rishga qaror qildim”.

Farmonga ko‘ra, joriy yilning yakuniga qadar un, o‘simlik yog‘i, go‘sht va sut mahsulotlari, shakar, gigiyena vositalari kabi asosiy iste’mol tovarlarini import qilishda bojxona boji va aksiz solig‘i undirilmaydigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing