“Vahshiyliklarini kechirib bo‘lmaydi”. “Tolibon” odam o‘g‘irlayotgani aytildi

Olam

image

“Tolibon” harakati vakillari Afg‘oniston shimolidagi Baglan viloyatining Andarab tumanida yoqilg‘i va oziq-ovqat yetkazib berishni berkitib qo‘ymoqda, shuningdek, mahalliy aholini, jumladan bolalar va qariyalarni o‘g‘irlab ketmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning hukumatdan chetlashtirilgan vitse-prezidenti Amrulloh Solih ma’lum qilgan. 

“Tolibon” Andarab vodiysiga oziq-ovqat va yoqilg‘i kiritilishiga ruxsat bermaydi. Gumanitar vaziyat og‘ir. Minglab ayollar va bolalar tog‘larga qochishga majbur bo‘ldi. So‘nggi ikki kun ichida toliblar bolalar va qariyalarni o‘g‘irlab ketishdi. Ular ko‘chirish yoki uylarda tintuv o‘tkazish uchun qalqon sifatida ishlatilgan”, deb yozgan siyosatchi. 

Bungacha, Solih “Tolibon” hokimiyatini tan olmasligini aytgan va o‘zini davlat rahbari vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan. 

Shuningdek, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani davrida Ichki ishlar vaziri bo‘lgan Muhammad Mas’ud Andarabi o‘zining mikroblogida “Tolibon”ning tinch aholiga qilgan vahshiyliklarini kechirib bo‘lmasligini yozgan. 

Bundan tashqari, u “Tolibon”dan qochayotgan ayollar va bolalarning fotosuratlarini retvit qilib, xalqaro inson huquqlari tashkilotlarini toliblarning Andarabdagi harakatlarini tekshirishga chaqirgan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing