Vahshiy qotillik! Er rafiqasiga 30 marta pichoq urdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrida mudhish jinoyat sodir etildi. Er turmush o‘rtog‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi, qaynonasini og‘ir yaraladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Voqea kecha, 13 avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Risoviy” bozori atrofidagi mahallada yuz bergan. Er 24 yoshli rafiqasiga 30 marta pichoq urgan. Ularni ajratishga harakat qilgan qaynonasiga ham 7 marta pichoq bilan zarba bergan.

Ayol voqea joyida vafot etgan. Onasi og‘ir ahvolda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Erkak qo‘lga olingan. Ularning 9 oylik qiz chaqalog‘i bolalar uyiga olib ketilgan.

Holat yuzasidan hozircha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ham Toshkent shahar IIBB ham rasmiy ma’lumot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qotillik

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing