Vetnamda koronavirusning yangi tajovuzkor shakli aniqlandi
Olam
−
27 iyul 2020
22253Vetnamninng Danang shahrida koronavirusning hozirgacha ma’lum bo‘lmagan yangi tajovuzkor shtammi aniqlandi. Bu haqda Vetnamda COVID-19 ni profilaktika va nazorat qilish bo‘yicha milliy qo‘mita ma’lum qildi.
Yakshanba kuni aniqlangan beshta holatdan to‘rttasi Danangdagi uchta shifoxona bilan bog‘liq. Bu tibbiyot muassasalari – Danang shifoxonasi, Danang S shifoxonasi va jismoniy reabilitatsion shifoxona. Ular hozirda karantinga yopilgan.
Mutaxassislar kasallik tarqalib ketishining oldini olish uchun Danang shahridan uyiga qaytayotgan va yuqorida aytilgan shifoxona bilan bog‘liq bo‘lgan barchani 14 kunlik karantinga olishni taklif qilyapti.
Koronavirusning yangi shtammi tekshirilganda u yanada yuqumli ekani aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi virusning tarqalib ketishining oldini olish va yangi kasallanish o‘chog‘ini aniqlash uchun Danangga eng tajribali mutaxassislarni yuborgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, Vetnamda so‘nggi 3 oydan beri koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagandi. Mamlakat Xitoyning shundoqqina “biqini”da joylashgan bo‘lsa-da, butun epidemiya davomida atigi 431 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 365 nafari sog‘aygan va bironta bemor vafot etmagan.