“O‘zyo‘lko‘prik” mansabdori 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
14:04 3479 1 daqiqa
“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasi mansabdori 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi xizmat mavqeidan foydalangan holda, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ma’silyati cheklangan jamiyatiga (MCHJ) o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Beruniy-To‘rtko‘l” A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berishni vada qilgan. Evaziga esa 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini MCHJ rahbaridan olgan paytda ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi