Uzun sochli Diamante og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Sport
−
23 dekabr 2021
7689Bugun, 23 dekabr kuni taniqli sharhlovchi va ring-anonser Devid Diamante mototsikldagi halokatdan so‘ng, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisada Diamantening umurtqasi va qovurg‘alari singan, o‘ng tizzasi esa jiddiy shikastlangan.
Besh soat davom etgan operatsiya davomida ring-anonserining umurtqa pog‘onasiga to‘qqizta vint, tirkama va donor materiallari o‘rnatilgan.
Operatsiyadan so‘ng, Diamante o‘z fikrlarini yozib qoldirgan:
“Bu yo‘l qiyin va muammoli bo‘ladi. Men jiddiy jarohatlar oldim, ulardan tiklanish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Men yana yurishni o‘rganishim kerak, endi esa asoratlar xavfi bor. Ammo ijobiy fikrdaman va imkon qadar tezroq qaytaman”.
Eslatib o‘tamiz, Diamante “Matroom boxing” kompaniyasi tashkil etadigan boks kechalarida boshlovchilik qiladi va o‘zining tashqi ko‘rinishi va uslubi bilan ajralib turadi.
Ma’lumot uchun, 50 yoshli sharhlovchi joriy yilning 3 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks kechasining asosiy janglarida anonser vazifasini bajargan.
LiveBarchasi