“O‘ztransgaz” raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisiga yangi birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Muzaffarxon Hasanovich Najmiddinov endilikda boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Bosh muhandis sifatida faoliyat olib boradi.

Muzaffarxon Najmiddinov bundan avval Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida “O‘ztransgaz” kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Anorqulov “Lukoyl” oldidagi qarzdorlik tufayli lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov O'ztransgaz Muzaffarxon Najmiddinov

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing