UZTELECOM abonentlarni GPON va FTTx asosidagi yangi internet standartiga o‘tkazmoqda: tezlik 100 Mbit/s dan boshlanadi
Biznes
−
20 avgust 2025 9939 2 daqiqa
2025 yil 21 avgustdan boshlab UZTELECOM simli internetni keng qamrovli yangilashni boshlaydi. Kompaniya o‘z abonentlarini zamonaviy optik texnologiyalarga o‘tkazib, tarif shartlarini takomillashtirmoqda va raqamli hayotni yanada tezkor hamda qulayroq qilishga intilimoqda.
Asosiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat:
- Mis o‘rniga optika. Tarmoq zamonaviy GPON va FTTx texnologiyalariga o‘tkaziladi. Bu esa 100 Mbit/s va undan yuqori tezlikdagi barqaror internetni ta’minlab, avvalgi standartlardan bir necha barobar tezroq imkoniyat beradi.
- Tariflarda kengroq imkoniyatlar. Yangillangan paketlarga yuqori tezlik va qo‘shimcha xizmatlar kiritilgan.
- Ko‘proq telekanallar. Endi abonentlar 80 dan ortiq emas, balki 120 dan ziyod kanalga ega bo‘ladilar. Ularga sport, bolalar, ta’lim va ko‘ngilochar yo‘nalishdagi telekanallar kiradi. Bundan tashqari, TelecomTV xizmati orqali kontentni nafaqat uydagi televizorda, balki smartfon va planshetda yo‘lda yoki safarda ham tomosha qilish mumkin.
Abonent nimaga ega bo‘ladi?
Endilikda foydalanuvchilar filmlar va o‘yinlardan tortib, ish va o‘qishgacha bo‘lgan barcha ehtiyojlarini qamrab oladigan tez va barqaror internetdan foydalanadilar. Bunga kengaytirilgan telekanallar to‘plami ham qo‘shiladi: sport, ta’lim, bolalar va ko‘ngilochar dasturlari. Barcha xizmatlardan istalgan qurilmada foydalanish mumkin: uyda, televizorda yoki safarda smartfon va planshetda.
"Bugungi kunda oilaning raqamli hayoti – bu onlayn ta’lim, masofaviy ish, videoaloqa, striming, videokuzatuv tizimlari, aqlli televizorlar va “aqlli uy”dir. 10-15 yil avval yaratilgan eski texnologiyalar endi bunday yuklamani ko‘tara olmayapti. Biz abonentlarimiz uchun bugun va ertaga aloqa tezligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlaydigan zamonaviy optik yechimlarni joriy etmoqdamiz", deya ta’kidladi UZTELECOM Axborot xizmati rahbari T.Mamadjanov.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, modernizatsiya butun mamlakat uchun barqaror texnologik infratuzilmani yaratishga yo‘naltirilgan raqamli o‘zgarishlar yo‘lining muhim qismi hisoblanadi.
UZTELECOMning optik texnologiyalarga keng qamrovli o‘tishi O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, jamiyatning kundalik hayotiga raqamli xizmatlarni joriy qilishni tezlashtiradi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi