“O‘zstandart” bosh direktorining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
15 fevral 2021 6828 1 daqiqa
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining ikki o‘rinbosari va yana ikki mas’ul lavozimidan ozod etildi.
QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, “O‘zstandart” bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Javlon Kattaxo‘jayev va direktor o‘rinbosari Rustam Kiyamov ishdan bo‘shatilgan.
Shuningdek, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi (“UzTest” DK) direktori Oqilbek Mustafoyev va Sertifikatlashtirish va laboratoriya majmualarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Inog‘omov ham egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr