“O‘zstandart”ga milliy organ maqomi beriladi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2020
5478“O‘zstandart” agentligini milliy organ maqomiga olib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Davlat rahbari korxonalarda yangi standartlarni manzilli joriy qilish asosiy vazifa ekanini ham ta’kidladi.
Qayd etilishicha, maishiy texnika, kabel, tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda 17 turdagi mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi mashhur “CE” markirovkasi joriy etilgani natijasida Yevropaning 8 ta davlatiga eksport boshlandi.
Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yil oxirigacha oziq-ovqat, metallurgiya, yengil sanoat bo‘yicha 14 ta laboratoriya modernizatsiyasi yakunlanadi.
Yig‘ilishda shu paytgacha bajarilgan ishlar natijadorligi tahlil qilinib, galdagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
LiveBarchasi