“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi o‘rinbosari 39 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev bugun, 14 oktyabr kuni og‘ir xastalikdan vafot etdi. Bu haqda uyushma rasman xabar berdi. 

QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Abrayev 39 yoshda edi va uning vafotiga koronavirus xastaligi sabab bo‘lgan

Ulug‘bek Abrayev 1980 yil 26 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tavallud topgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini magistratura (kunduzgi) yo‘nalishini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2004 yildan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi Pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash bo‘limida boshlagan. 2004-2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qildi. 2019 yilda AT “Poytaxtbank” boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zsanoatqurilishmateriallari Ulug'bek Abraev

Baholaganlar

306

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing