O‘zsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik
Biznes
−
26 mart 2020
10259O‘zsanoatqurilishbank yurtimiz aholisi hamda bank mijozlariga masofadan ko‘rsatilgan xizmatlar soni va sifatini oshirish barobarida ularning cho‘ntakbopligini ta’minlash ustida tinimsiz ishlamoqda. Bu borada tadbirkorlik sub’ektlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Endilikda ko‘plab tadbirkorlarimizning beminnat yordamchisiga aylanib ulgurgan – O‘zsanoatqurilishbank onlayn banking xizmatidan barcha yangi ulanuvchi yuridik shaxslar dastlabki 6 oy davomida mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin bo‘ldi.
Yuridik shaxslar uchun "Bank-mijoz" hamda "Mobil bank" nomli qulay tizimlar orqali barcha zarur operatsiyalarni oson va tez amalga oshirish mumkin. Xususan:
• hamkorlarning istalgan bankdagi boshqa hisob raqamlariga to‘lovlarni amalga oshirish;
• O‘zsanoatqurilishbank tizimida 24/7 rejimida to‘lov hujjatlarini yuborish;
• xodimlar maoshini ularning kartasiga o‘tkazish;
• hisobdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot olish;
• kreditlarni so‘ndirish, kommunal to‘lovlarni to‘lash va yana boshqa ko‘plab qulayliklarga ega.
Shu o‘rinda O‘zsanoatqurilishbank mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchiga aylangan biznes sub’ektlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini eslatib o‘tamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
0 (800) 120-77-77 O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroq bepul
+998 71 200-43-43 Dunyoning istalgan joyidan qo‘ng‘iroq uchun
+998 94 210-43-43 Telegram, WhatsApp, Viber, Imo, Skype, WeChat orqali xabarlar uchun
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar