ENDI HAMMASI BIR JOYDA!

Reklama 7419
image

O‘zsanoatqurilishbank yangi JOYDA mobil ilovasini ishga tushirdi. 

Biz bugungi kun mobil ilova foydalanuvchilari talabiga monand yorqin va qiziqarli mahsulot yaratishga harakat qildik, – deydi Bank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov. – JOYDA – yangi avlod vakillari tiliga mos, yengil uslub va zamonaviy dizayn bilan taqdim etilmoqda. Ilova nomi ham bank xizmatlari, ham tovar va mahsulotlar xaridi bir joyda ekanligini ifodalaydi.

Endilikda mijoz JOYDA ilovasi marketpleysidagi istalgan tovarni hech qanday hujjatlarsiz xarid qilib, pulini bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bank krediti onlayn rasmiylashtirilib, tovarlar ko‘rsatilgan manzilga bir ish kuni ichida bepul yetkazib beriladi.

Mazkur xizmatdan barcha tijorat banklari mijozlari foydalanishlari mumkin. Ilova orqali amalga oshiriladigan har bir xarid uchun Bank alohida sovg‘a – Visa Gold kartasi va mahsulot sug‘urtasini ham yetkazib beradi.

JOYDA bilan an’anaviy bank xizmatlaridan ham odatdagidek foydalanish mumkin. Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartadagi pul mablag‘larini boshqarish, uni zarur holatda tezda blokka tushirish, kartalararo o‘tkazmalarni amalga oshirish (bunda, O‘zsanoatqurilishbank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya to‘lovi – 0%, boshqa banklarning kartalariga esa – 0,5%) shular jumlasidandir.

Ilovada maxsus chat orqali mutaxassisga murojaat qilish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, JOYDA orqali sotib olingan tovarlar hozircha faqat Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib beriladi. Yaqin orada boshqa hududlarda ham yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

    JOYDA ilovasini yuklab olish uchun: 

📲 iPhone 

📲 Android

 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Koll-markaz - +998-71-200-43-43

Telegram-bot - @sqbsupport 

Reklama huquqi asosida

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 37
Reyting: 3.1
t
×