O‘zsanoatqurilishbank yana birinchi!
Biznes
−
05 fevral 2020
7238O‘zsanoatqurilishbank investitsion faolligi O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi.
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” reyting agentligi 2019 yil yakunlari bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbankning investitsion faolligini O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yuqori o‘ringa loyiq deb topdi.
“Ahbor-Reyting” reyting agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari va Markaziy banki raisi tomonidan 2019 yil 23 yanvarda tasdiqlangan “Tijorat banklarining 2019 yilda investitsiya faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan Yo‘l xaritasiga asosan ishlab chiqilgan Metodologiya mezonlariga muvofiq tijorat banklarining 2019 yildagi investitsion faollik darajasi o‘rganilganda O‘zsanoatqurilishbankning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati reyting ro‘yxatining birinchi pog‘onasini egallagan.
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonlarida bankdan olingan ma’lumotlar sifat va daromadlilik, hajmiy, samaradorlik va xatarlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar doirasida tahlil qilinib, umumlashtirilganida jami 85,6 ball to‘plandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabr oyida “Ahbor-Reyting” reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbankka xizmat ko‘rsatish sifatining eng yuqori - qA1 darajasini bergan edi.
“Ahbor-Reyting” reyting agentligi 1995 yilda hukumat qarori bilan tuzilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi hisoblanadi. Agentlik tijorat banklari va shu kabi moliyaviy kompaniyalarning bank xizmatlarini monitoring qilib boradi va shu asosida reyting tuzadi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi