O‘zsanoatqurilishbank O‘zMU talabalariga stipendiya ajratadi
Biznes
−
15 fevral 2020
5936O‘zsanoatqurilishbank Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika yo‘nalishida mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, Bank tomonidan universitetning yuqori bosqich talabalari uchun stipendiya ajratilishi rejalashtirilgan. Bunda stipendiya Bankdagi amaliyot jarayonlarini a’lo darajada o‘tagan va tegishli komissiya suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga mo‘ljallanishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Bank tizimda innovatsion yechimlarni joriy qilish maqsadida talabalarning shu sohaga doir yangi dasturiy tizimlarni ishlab chiqish va joriy qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Buning uchun universitet binosida “O‘zsanoatqurilishbank innovatsion markazi” ishga tushiriladi. Markazda talaba-yoshlar dasturiy ta’minotlar yaratish, ularni bank axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida joriy qilish, shu sohada yangi bank xizmatlari uchun biznes jarayonlarni tashkil etish, umuman, bank biznesining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar asosida mustahkamlashga qulay sharoit yaratiladi.
Shuningdek, tomonlarning kelishuvi bank xodimlarining AKT va axborot xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ham qaratilgan. Bu borada ish universitetning mahoratli pedagoglarini jalb qilgan holda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbankda xodimlar malakasini oshirish hamda ular zaxirasini shakllantirish zamonaviy uslubda olib borilmoqda. Bankning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan turli mazmundagi loyihalarni amalga oshirishi shu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar sirasiga kiradi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi