O‘zPFL Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi a’zosiga aylandi
Sport
−
11 yanvar 2023 4163 1 daqiqa
O‘zbekiston Professional futbol ligasi dunyodagi eng yetakchi futbol ligalarini o‘zida birlashtirgan Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Bu haqda liga o‘z rasmiy sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, World Association of Professional Football Leagues (WLF) dunyo bo‘ylab 44 ta eng yetakchi ligani o‘zida birlashtirgan xalqaro tashkilot hisoblanadi.
2015 yilning 1 dekabr kuni 23 ta liga Parijda o‘zaro hamfikrlik deklaratsiyasini imzolagach, assotsiatsiya tuzish uchun birinchi qadam qo‘yildi. 2016 yilning 1 may kuni Syurixda mazkur tashkilotga rasman asos solingan.
Ushbu assotsiatsiya futbol ligalari manfaatlarini himoya qiladi va xalqaro musobaqalar taqvimini tuzishda FIFA va qit’alar konfederatsiyalariga o‘z a’zolari manfaatidan kelib chiqib, tavsiya va takliflar kiritib keladi. Shuningdek, turli yo‘nalishlarda IFAB, FIFPro kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Ma’lumot uchun, Yevropaning top-5 chempionatlari, ya’ni APL, La Liga, A Seriya kabi mashhur birinchiliklar ham WLF a’zosi hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr