O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish hajmi sezilarli kamaydi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
7169Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mln kub metrga qisqardi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2020 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 15,1 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 11,4 foizini tashkil etdi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘mir qazib olish – 10,2 foizga hamda chaqiq tosh – 9,9 foizga, neft qazib olish 2,0 foizga oshgan bo‘lsa, shag‘al qazib olish 64,3 foizga, gaz kondensati – 29,2 foizga, kaolin – 22,8 foiz, hamda tabiiy gaz qazib olish -17,2 foizga pasaygan.
LiveBarchasi