Uzoq masofali qurollar tez orada Ukraina frontida bo‘ladi – Nuland
Olam
−
01 fevral
7748Amerikaning GLSDB (Ground Launched Small Diameter Bomb) yuqori aniqlikdagi boshqariladigan bombalari tez orada Ukrainadagi frontda bo‘ladi. Bu haqda kecha, 31 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Kiyevdagi brifingda ma’lum qildi.
“Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishda davom etmoqda, xususan, yangi investitsiyalar, yangi qurol tizimlari, masalan, Small Diameter Bomb allaqachon urush o‘choqlariga jo‘natilmoqda”, deydi Nuland.
Uning aytishicha, yangi uzoq masofali aniq boshqariladigan o‘q-dorilarni yetkazib berishdan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan qarama-qarshilikni davom ettirish uchun Ukrainaga mudofaa sanoatini tiklashda yordam beradi.
Ma’lumot uchun, 30 yanvar kuni Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder AQSHning GLSDB snaryadlarini Ukrainaga o‘tkazish niyatini tasdiqladi, biroq bu qachon amalga oshirilishini ochiqlamadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar "operatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan" aniq sanalarni tasdiqlashdan bosh tortmoqda.
LiveBarchasi