Uzoq kutilgan voqelik: Putin va Tramp uchrashuvi boshlandi

Olam

image

Xabaringiz bor, bugun, 28 iyun kuni Yaponiyaning Osaka shahrida G20 ning navbatdagi sammiti o‘z ishini boshlaydi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin sammit oldidan AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida, Tramp Putin bilan muhokama qilinadigan masalalar ro‘yxatini ochiqlab o‘tdi. "Bugungi muhokamamiz savdo, qurollanish masalalari va yana bir qator muammolarni qamrab oladi", deb aytib o‘tdi AQSH Prezidenti.

Vladimir Putin muzokaralardan oldin, ushbu uchrashuvni Xelsinkida boshlangan munozaralarni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyat deb atadi. "Biz Xelsinkidagi uchrashuvdan so‘ng boshqa ko‘rishmadik. Bugungi uchrashuvda muzokaralarni davom ettirish uchun xodimlarimiz bizga yaxshi imkoniyat yaratib bera oldi", deya ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.

Shuningdek, ikki Prezident Eron, Ukraina va Yaqin Sharq muammolarini ham muhokama qilishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Tramp va Putin o‘rtasidagi ilk rasmiy uchrashuv 2018 yilning 16 iyulida Finlandiyaning poytaxti Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Prezidentlar deyarli 4 soat davomida muzokara o‘tkazgan edi. 

Ma’lumot uchun, 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan "Katta yigirmatalik" sammitida dunyoning 20 ta iqtisodiyoti eng rivojlangan davlatlar delegatsiyasi ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing