Uzoq kutilgan kelishuv. Boris Jonson maqsadiga yetdi

Olam

image

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi muzokarachilari Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda MK xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Yevropa komissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan Brixet bo‘yicha yangi kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Shu munosabat bilan u Parlamentni hujjatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

Jonson shartnomaning o‘zini a’lo deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Londonga o‘z ishlarini boshqarish huquqini beradi. "Parlament shu yilning 19 oktyabr kuni Brixetni ma’qullashi, Hukumat "boshqa ustuvor masalalarni" hal qilishi shart. Biz yashash narxi, Milliy sog‘liqni saqlash xizmati, jinoyatchilik va atrof-muhit haqida gaplashamiz", deb yozgan Jonson Twitter`dagi sahifasida 

Kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya 31 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing