UzLiDepning deputatlikka nomzodi ma’muriy javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Ma’lumki, 22 dekabr kuni Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari uchun saylov bo‘lib o‘tadi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligi O‘zLiDep tomonidan nomzodi qo‘yilgan shaxs o‘z saylovoldi tashviqotiga qonunga zid tarzda olib borgani aniqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar tomonidan tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqlangan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Ahmedov esa joriy yilning 15 dekabr kuni Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-1” mahalla fuqarolar yig‘ini va 16 dekabr kuni “Katta Chilonzor-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etib, O‘zLiDep logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali, rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotini saylovchilarga imtiyozli arzonlashtirilgan narxda sotish xizmatini ko‘rsatgan hamda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.

Deputatlikka nomzod A.M.Ahmedov o‘z harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan. 

Ushbu holat yuzasidan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan A.M.Ahmedovga nisbatan MJtKning 515-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Saylov O'zLiDep

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing