O‘zLiDeP vakili Yunusobod fojiasi uchun mutasaddilardan uzr talab qilyapti
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
4708Avval xabar qilinganidek, kecha, 18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida favqulodda vaziyat vujudga kelgan edi.
Qurilish ob’ektining o‘ng tomon xandaq (katlovani) qiyalik devori (otkos)ga o‘rnatilgan temir-beton mustahkamlash konstruksiyasi yomg‘ir suvlari sizishi va avtomobillar qatnovidan hosil bo‘lgan tebranish natijasida yer o‘pirilib, tuproq va temir-beton konstruksiyasi qulab tushgan edi. Natija 6 kishi vafot etdi.
Mazkur voqeadan so‘ng zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Hukumat komissiyasi tuzildi.
Bugun, 19 dekabr kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida partiyalar vakillari ushbu fojiaga e’tibor qaratib, bo‘lib o‘tgan voqealar uchun matasaddilar xalqdan uzr so‘rashlari kerakligini aytdilar.
“Metroda sodir bo‘lgan voqeani nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bo‘lishi kerak. Voqea-hodisani o‘rganish o‘z yo‘liga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr so‘rasin”, deydi O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi vakili Nuriddin Murodov
Uning qayd etishicha, ikki, uch yil oldin qurilish sohasi mutlaqo yopiq edi. U yerda nima bo‘lyapti, nima o‘zgaryapti bilib bo‘lmagan Hali hanuz “Qishloq qurilish invest”, "O‘zshahar qurilish invest" muassasalari mutlaqo korrupsiyalashgan.
“Xalqimiz yirik qurilish ob’ektlarini qurib bitkazishni bayramlarga to‘g‘irlashga mutlaqo norozi. Bizning partiya ham bu amaliyotga qo‘shilmaydi”, deydi partiya vakili.
LiveBarchasi