Bosh prokuratura Yunusobod fojiasiga nima sabab bo‘lganini ochiqladi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
23998Kecha, 18 dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida 6 kishining vafotiga sabab bo‘lgan foija yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
“2019 yil 18 dekabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Axmad Donish ko‘chasidagi “Mega Rlanyet” savdo markazi qarama-qarshi tomonida “Toshkent metropoliteni qurilish direksiyasi” buyurtmasi asosida barpo etilayotgan “Yunusobod” bekati 2-vestibyul kurilish ob’ektining o‘ng tomon xandaq (katlovani) qiyalik devori (otkos)ga o‘rnatilgan temir-beton mustahkamlash konstruksiyasi yomg‘ir suvlari sizishi va avtomobillar qatnovidan hosil bo‘lgan tebranish natijasida yer o‘pirilib, tuproq va temir-beton konstruksiyasi qulab tushgan.
Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi va 258-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tozalash, qidiruv va qutqaruv tadbirlari davom etmoqda.
Bosh prokuratura mazkur xodisa oqibatida jabr ko‘rganlarning oila-a’zolariga o‘z hamdardligini bildiradi”.
LiveBarchasi