O‘zimizning Norboyeva: Senat raisi ro‘zg‘or qilayotib, QALAMPIR ob’ektiviga tushdi (foto)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlardagi videolarda dunyo davlatlarining rahbarlari va yuqori martabali amaldorlari do‘konda ro‘zg‘or qilib yurganini ko‘p ko‘rganmiz. Tabiiyki, O‘zbekistonda ham yuqori lavozim egasi shunday do‘kon aylanarmikan degan hayol o‘tgan. Ha, O‘zbekistonda ham yuqori martabali amaldorlar do‘kon aylanadi.

QALAMPIR.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva “Korzinka.uz” do‘konida ro‘zg‘or qilayotganining guvohi bo‘ldi. Aftidan, Norboyeva ro‘zg‘or ishlariga ancha tarjribali. Negaki, u xaridni amalga oshirayotganda diskont kartadan ham foydalangan.

Bugungacha ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Germaniya kansleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kabi davlat rahbarlari bozor qilayotganiga ko‘pchilik guvoh bo‘lgan. Ularning bozor qilishi aks etgan video va suratlar ham tarqalgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham bozor qilib, do‘kon aylanib turadi. Ammo uning tashrifini kutilmagan deb bo‘lmaydi va odatda ssenariy asosida bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyalar Kengashi raisi Valentina Matviyenko ham do‘kon va umumiy ovqatlanish joylarida bo‘ladi. Ammo u odatda ish doirasida, masalan, narx-navo va sifatni o‘rganish maqsadida keladi.

O‘zbekistonda lavozimi bo‘yicha ikkinchi odamning bozor qilishi amaldorlarning xalq hayotiga yaqinlashayotganini ko‘rsatadi. Bu esa karantin vaqtida narx-navoning real holatini bilishda samarali usullardan biri.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

1040

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing