O‘zi ijrochi, o‘zi deputatlar boshlig‘i, o‘zi qonun chiqaruvchi – Kusherboyev hokimlar haqida

Jamiyat

image
U Lenin sabab boshlangan “boshqaruv maktabi”ning sodiq vorisi – Rasul Kusherboyev Shuhrat Abdurahmonov haqida gapirdi north_east

U Lenin sabab boshlangan “boshqaruv maktabi”ning sodiq vorisi – Rasul Kusherboyev Shuhrat Abdurahmonov haqida gapirdi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning qarorlarini bekor qilish mumkinligi yangi qonun bilan Oliy Majlis Senatiga berilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

“Men Senat tarkibida hamon ijro hokimiyati vakili hisoblangan hokimlarning borligi va joylarda mahalliy Kengashlarga bir vaqtning o‘zida hokimlar raislik qilishda davom etayotgani uchun bu yangi qonunni O‘zbekistonda hokimiyatlar o‘rtasida tiyib turish prinsipining buzilishiga olib keladigan yana bir qadam, deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda bu vazifani hozircha ijro hokimiyati vakillari yo‘q bo‘lgan Qonunchilik palatasi qilgani ma’qulroq edi”, deydi Kusherboyev.

Deputat joylardagi hokimlar mahalliy kengashdan o‘ziga kerakli qarorni ololmasa, bu ishni yuqoriroqda, Senatda senator sifatida bitirishi mumkinligini aytib o‘tgan. Bu o‘rinda eng ko‘p mojaroga sabab bo‘ladigan “snos” masalasi eslatilgan.

“Ayniqsa “snos” masalasida qaror qabul qilish mahalliy kengashlardagi deputatlar ixtiyoriga berilayotgan bir paytda, hokimlar o‘zlarining “buzish” ishlarini deputatlar qo‘li orqali qilishi, agar kengash boshqa qaror qabul qilsa ham Senatda senator sifatida Kengash qarorini bekor qilish imkoniyatini oshirishi mumkin.

Xullas telba teskarilik, uchtasi birda: o‘zi ijrochi, o‘zi deputatlar boshlig‘i, o‘zi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi xolos...

Uzoq va yaqin kelajakni o‘ylamay qilinayotgan ish bo‘lsa ham afsuski... qonun qabul qilinyapti”, degan Rasul Kusherboyev


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing