O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2025 22321 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyatida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
“Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
O‘zgidrometning ta’kidlashicha, bunday ob-havoda fuqarolar ochiq havodagi faoliyatini qisqartirishi, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishi kerak.