O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning  1-7 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Unga ko‘ra:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  •  Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi mavjud.

"Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘raymiz", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing