O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi
Bu qiziq
−
29 Fevral 2024 96795 1 daqiqa
Joriy yilning 1-7 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi mavjud.
"Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr