O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 23-27 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hafta o‘rtasida O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish O'zgidromet qor ko'chish xavfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing