O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
23 Sentabr 2022
70603Joriy yilning 25-27 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
25-26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
26 sentyabrda shimolda, 27 sentyabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13° gacha, kunduz kunlari 22-25° gacha pasayadi.