O‘zgidromet bulutlarga zarba berilgani haqidagi xabarlarni izohladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Bunaqasi ilgari kuzatilmagan – O‘zgidromet yomg‘irli kunlar qachon tugashini aytdi north_east

Bunaqasi ilgari kuzatilmagan – O‘zgidromet yomg‘irli kunlar qachon tugashini aytdi

O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bir necha tinimsiz davom etishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bulutlarga zarba berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Gidrometeorologiya xizmati markazi tarmoqdagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bulutlarga faol ta’sir qilish dasturlari har bir aniq hududdagi meteorologik jarayonlarning intensivligini hisobga olish zarur.

Bulutlarga faol ta’sir qilish bo‘yicha ishlar kuchli yog‘ingarchilik davrlari yoki ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik bo‘lgan davrlarda mutlaqo olib borilmaydi, chunki bu iqtisodiy faoliyatga zarar yetkazishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yomg‘irli hodisalar tufayli bulutlarga zarba berish mutlaq taqiqlangan.

Mutaxassislarni fikricha bu bulutlar juda ham katta massaga ega. Bunday bulutlarga faol ta’sir ko‘rsatilsa, yana ham ko‘p yomg‘ir yog‘ib katta talafotlar ro‘y berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1851

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing