O‘zgidromet bugun qator tumanlarga sel kelishidan ogohlantirdi

Jamiyat 7731
image

Bugun, 27 aprel kuni Farg‘ona vodiysida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani hisobiga qator hududlarda sel kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirdi.

Yomg‘ir natijasida vodiy viloyatlari va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda, jumladan:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xojaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 204
Reyting: 3.1
Teglar
sel
t
×