O‘zdavkarantin inspeksiyasi Rossiyada taqiqqa uchragan pomidor va bulg‘or qalampirini tekshirishni boshladi

Jamiyat

image
Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqladi north_east

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Rossiyada taqiqqa uchragan pomidor va bulg‘or qalampirini tekshirishni boshladi. Bu haqda inspeksiya ma’lum qildi.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariyati tomonidan Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmatining (Rosselxoznadzor) rahbariyati bilan tezkor ravishda onlayn muzokaralar o‘tkazilgan.

Muzokaralar natijasida, mazkur ta’qiqni qisqa muddatlarda yechish maqsadida mahsulotlar yetishtirilgan hududdagi barcha issiqxona va ekin maydonlarida o‘simliklar karantini nazorati o‘tkazilishi va mazkur kasallikni hamkorlikda o‘rganishga kelishilgan.

Inspeksiyaning ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatidan yuborilgan bulg‘or qalampiri (4 kg.) va pomidor (6 kg.) mahsulotlarining namunalarida “Rosselxoznadzor” laboratoriya tahlillariga ko‘ra, “Tomato brown rugose fruit virus” virusi aniqlangan.

Qayd etilishicha, “Tomato brown rugose fruit virus”, ya’ni pomidorning jigarrang burishish virusi shu paytgacha O‘zbekiston hududida aniqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi vakillaridan maxsus Ishchi guruh tuzilib, shu kunning o‘zida Farg‘ona viloyatiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ham mazkur taqiq yuzasidan izoh berib, tez orada cheklovni bekor qilish choralari ko‘rilishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing