Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqladi
Jamiyat
−
26 noyabr 2020
26374Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirni mamlakat hududiga kiritishni taqiqladi.
Bunday taqiqlov joriy qilishga Farg‘onadan keltirilgan pomidor va qalampirlardan tobamovirus (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) aniqlangani sabab bo‘lgan.
Taqiq virusning Rossiya hududiga kirmasligi va tarqalmasligi uchun joriy qilingan.
Rosselxoznadzor xabarida taqiq qachon olinishi haqida ma’lumot berilmagan.
Mazkur virus (ToBRFV, Tobamoviruslar oilasiga kiradi) sabzavot ekinlariga zarar yetkazadi, barglarda dog‘ paydo qilib, mevaning deformatsiyasiga olib keladi.