O‘zboshimchalik bilan avtomobil haydagan o‘smir 6 yoshli bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida kecha, 30 may kuni 15 yoshli o‘smir qarovsiz qolgan «Gaz-69» rusumli transport vositasini o‘zboshimchalik bilan haydashga uringan. Oqibatda 6 yoshli bolani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 may kuni soat 19:30 larda, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Ravalliq Mahalla fuqarolar yig‘ini, Gulshan ko‘chasida haydovchi 1959 yilda tug‘ilgan T.N. (erkak) "Gaz-69" rusumli transport vositasida stol-stullarni, shu ko‘chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan tanishi, 2005 yilda tug‘ilgan S.E. (o‘g‘il bola) avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lib, yurgizib yuborishi natijasida voyaga yetmagan piyoda, shu uyning oldida o‘ynab yurgan, 2014 yilda tug‘ilgan B.X.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, voyaga yetmagan 6 yoshli B.X. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Qashqadaryoda 2 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing