O‘zbekistonlik dzyudochi Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
02 avgust
6027+100 kg vaznda Parij Olimpiadasining dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Alisher Yusupov 3-o‘rin kechgan bellashuvda yaponiyalik Saito Tatsuroga qarshi tatamiga chiqdi.
25 yoshli Yusupov 22 yoshli jahon chempioni Tatsuro bilan qizg‘in bellashuvda ippon bahosi bilan zafar quchib, bronza medalga ega chiqdi.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik dzyudochilarning Olimpiadadagi medallari soni 3 taga yetdi. Bungacha Diyora Keldiyorova va Muzaffarbek To‘raboyev delegatsiya hisobiga medal qo‘shib qo‘ygandi.
Bungacha Yusupov Jahon chempionati va Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan. Endi uning hisobida Olimpiada medali ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Olimpiadada dzyudo bellashuvlarining yakkalik bahslari yakunlandi. 3 avgustdan jamoaviy dasturda medallar uchun kurash boshlanadi.
LiveBarchasi